YUNUS RAJABIY NOMIDAGI TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
Pedagogika Kolleji


Kollej Hayoti


2005-2006 o’quv yilida o’quvchilar soni 1252 tani tashkil etib ularga 145 o’qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqdalar. O’quv va laboratoriya xonalari turli jihozlar, ko’rgazmali qurol va texnik vositalar, asbob anjomlar bilan to’liq ta’mirlandi. Ikkita sport zali, trenajyor va boks zallari, tennis va yengil atletika o’yinlari uchun zal faoliyat ko’rsatmoqda.

O’quvchilar mahoratini oshirish maqsadida 15 turdagi turli to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda va bu to’garaklarga o’quvchilarning 76 % jalb qilingan.





Kollejda iqtidorli va a’lochi o’quvchilarga alohida e’tibor qaratilishi va ular bilan yakka mashg’ulotlar olib borilishi o’quvchilarning respublik va xalqaro miqyosida o’tkaziladigan turli tanlovlarda g’olib va savrindor bo’lishlariga olib kelmoqda. Jumladan: zardo’zlik bo’yicha Ziyoda Shonazarova, adabiyot yo’nalishi bo’yicha Muyassar Ilxomovalar “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o’tkazilgan tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. An’anaviy ijrochilik bo’yicha “Kelajak ovozi” tanlovda qatnashib faxrli o’rin egallandi.

Sport og’ir atletika turi bo’yicha qizlar o’rtasida o’tkazilgan “Osiyo kubogi” chempionatida 58 kg. vaznda Aslanova Elina va 75 kg. vaznda Melnikova Natalyalar birinchi o’rinni egallab Osiyo chempionlari bo’ldilar. Abdullayeva Maxfuza “Turon” bo’yicha respublika olti karra chempioni, sport ustasi, To’laganova Nilufar karate bo’yicha respublika chempioni, Mirzqulov Hamid “Turon” bo’yicha respublika chempioni.










Respublika miqyosida o’tkazilgan “Eng yosh iqtidorli iste’molchi – 2006” ko’rik tanlovida Respublika bosqichida 1-kurs o’quvchisi Ilxomova Muyassar birinchi o’rinni egalladi.













  Home     E-mail

 



  YUNUS RAJABIY NOMIDAGI TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
  Сделано в Узбекистане
  www.parusinfo.com