YUNUS RAJABIY NOMIDAGI TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
Pedagogika Kolleji



“Boshlang’ich ta’lim-tarbiya ishi” – 3140010

 Ixtisosliklar:
-  Boshlang’ich sinflarda estetik tarbiya tashkilotchisi
-  Boshlang’ich sinflarda mehnat tarbiyasi tashkilotchisi
-  Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyachi.

O’qish muddati:
Ishlab chiqarishdan ajralgan ta’lim – 3 yil
Ishlab chiqarishdan ajralmagan ta’lim – 1 yil 10 oy

Boshlang’ich ta’lim-tarbiya ishi bo’limi bugungi kunda davlat ta’lim standartlari o’quv reja va dasturlarini tajriba sinov o’tkazish maydoniga aylantirilgan. Ushbu bo’limda anjumanlar, uchrashuvlar, turli ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarni doimiy o’tkazilishi o’quv tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda.






“Jismoniy tarbiya” – 3140030

 Ixtisosliklar:
-  Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchisi
-  Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tashkilotchisi

O’qish muddati:
Ishlab chiqarishdan ajralgan ta’lim – 3 yil
Ishlab chiqarishdan ajralmagan ta’lim – 1 yil 10 oy

Kollejimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Zarur jihozlar bilan ta’minlash, yangi sport anjomlarini sotib olish, musobaqalar o’tkazish, to’plangan tajribalarni yanada takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamda ishlar amalga oshirilmoqda.








 







“Maktabgacha ta’lim ” – 3140000

Ixtisosliklar:
-  Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi va oilaviy guverner.
-  Maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’rgatish huquqiga ega bo’lgan tarbiyachi.
-  Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlang’ich kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi tarbiyachi.

O’qish muddati:
Ishlab chiqarishdan ajralgan ta’lim – 3 yil
Ishlab chiqarishdan ajralmagan ta’lim – 1 yil 10 oy

Bugungi kunda ushbu bo’limda katta tajribaga, ilmiy salohiyatga ega bo’lgan ustozlar jamoasi o’quvchilarga nazariy va amaliy bilimlar bermoqda. O’quvchilar Xalq ta’limi bo’limlariga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarida amaliyotlarini o’tamoqda.










“Musiqa ta’limi” – 3140020

Ixtisosliklar:
-  Musiqa rahbari
-  Boshlang’ich sinflarda musiqa tarbiyasi tashkilotchisi
-  Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi tashkilotchisi
-  Musiqa to’garagi rahbari.

O’qish muddati:
Ishlab chiqarishdan ajralgan ta’lim – 3 yil

Bilim yurti tashkil etilgan ilk yillardanoq musiqa fanini o’qitishga alohida e’tibor beriladi. musiqa bo’limida o’qish – ijodiy jarayondir. Bugungi kunda qiziquvchan yoshlarga rubob, dutor, chang, fortepiano, bayan, doira kabi musiqa asboblarini chalish, qo’shiq kuylash, jamoa qo’shiqchiligi va jamoa qo’shiqchilik rahbarligidan saboqlar beriladi.

Kollejimiz xo’r jamoasi “O’zbekiston Vatanim Manim” tanlovlarida muvoffaqiyatli ishtirok etdilar. Kollejimiz badiiy xavaskorlari Toshkent shahar miqyosidagi turli tadbirlarda doimiy ishtirok etadilar.















  Home     E-mail

 



  YUNUS RAJABIY NOMIDAGI TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI
  Сделано в Узбекистане
  www.parusinfo.com